Ekofaol talaba

Тoshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida “Yashil makon” mummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.

Ushbu tashabbus filial hududini yanada obod va ko‘rkam holga keltirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda yoshlar ongida tabiatga mehr-muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.

Mazkur tadbir davomida filial hududida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, turli xil manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari, shuningdek, bezak butalari ekildi. Ekilgan ko‘chatlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib tanlandi va ularni parvarishlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Bu esa kelgusida yashil hududlarning kengayishiga xizmat qiladi.

Tadbirda filialning barcha bolimlari va kafedralari faol ishtirok etdi. Har bir bo‘lim va kafedraga ma’lum hududlar biriktirilib, ushbu joylarda tozalikni ta’minlash, yerlarni yumshatish, ko‘chat ekish va hududni obodonlashtirish ishlari olib borildi. Professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda texnik xodimlar birgalikda jamoaviy mehnat qilib, ekologik tashabbusning samarali amalga oshirilishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Aksiya davomida nafaqat ko‘chat ekish, balki mavjud yashil hududlarni parvarishlash, qurigan daraxtlarni tartibga keltirish, chiqindilarni yig‘ish va hududni umumiy tozalash ishlari ham olib borildi. Bu esa filial hududining sanitariya holatini yaxshilash bilan birga, estetik ko‘rinishini ham sezilarli darajada oshirdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Yashil makon” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yosh avlodni ekologik jihatdan tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalar amaliy jarayonlarda bevosita ishtirok etish orqali tabiatni asrash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirmoqdalar.

Mazkur tashabbus doirasidagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan. Filial rahbariyati tomonidan hududni yanada kengroq ko‘kalamzorlashtirish, yangi dam olish maskanlari tashkil etish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Xulosa qilib aytganda, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbir filial hayotida muhim o‘rin tutib, hududni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash va jamoa birdamligini mustahkamlashga xizmat qildi.