6-kafedra
Anatomiya, normal fiziologiya va patologiya kafedrasi
Kafedra mudiriSerebryakov Vladimir Vladimirovich
Toshkent davlat tibbiyot universiteti ‘‘Anatomiya,normal fiziologiya va patologiya’’ kafedrasi TTA ChF “Tibbiy fundamental fanlar” kafedrasi, uning ildizuda OʻzDJTSU “Anotomiya va fiziologiya”, “Fiziologiya va patologiya” kafedralari asosida 2024-yilda tashkil qilingan.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab OʻzDJTSU Tibbiyot fakulteti tashkil qilingan. “Anatomiya va fiziologiya” kafedrasi tarkibida Davolash ishi yoʻnalishi talabalari uchun aloxida pedagoglar biriktirilib, kafedra kengaytirilgan va b.f.n. prof. D. D. Safarova raxbarlik ostida o‘z ishini olib borganlar. 2022-2023 oʻquv yilidan boshlab “ Anatomiya va fiziologiya ” kafedrasi “Anatomiya ”, “ Fiziologiya va patologiya ” kafedrasiga bo`lindi. 2023- 2024 oʻquv yilidan esa “ Fiziologiya va patologiya ” kafedrasi “ Patologiya asoslari” kafedrasi sifatida qayta shakllantirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 28-iyul 2023-yildagi PQ-244-sonli xujjati asosida Toshkent viloyatini malakali tibbiyot kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tibbiyot fakulteti negizida Toshkent tibbiyot akademiyasining Chirchiq filiali tashkil etildi.
Shu munosabat bilan, “ Patologiya asoslari” kafedrasi 2024- yil 3- yanvardan Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolash fakulteti Tibbiy fundamentak fanlar kafedrasiga oʻzgartirildi. 2024-yil sentyabr oyidan kafedra qayta tashkillashtirilib, «Anatomiya va patologiya» kafedrasi nomi berildi. 2025-yil sentabr oyida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali “Anatomiya, normal fiziologiya va patologiya “ kafedrasi ga oʻzgartirildi. Hozirgi kunda kafedra dotsenti Serebryakov Vladimir Vladimirovich rahbarligi ostida.
Kafedrada Davolash ishi yo’nalishi 1-, 2-, 4- kurs talabalari , Pediatriya ishi, Farmatsiya yoʻnalishi talabalari uchun Normal fiziologiya, Odam anatomiyasi, Patologiya, Sud tibbiyoti ekspertizasi fanlaridan amaliy va ma’ruza mashgʻulotlari olib boriladi.
Batafsil