Kafedra tarixi

Gigiyena, mikrobiologiya va epidemiologiya kafedrasi

Kafedra tarixi

Gigiyena, Mikrobiologiya va Epidemiologiya

KAFEDRA TARIXI

Gigiyena, mikrobiologiya va epidemiologiya kafedrasi 2025-yil sentyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda kafedra tarkibida jami 11 nafar, asosiy shtatda 6 nafar, ichki o‘rindoshlik asosida 3 nafar, tashqi o‘rindoshlik asosida 2 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi.

Kafedra mudiri tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nematov Abdurashid Abdugʻaffor oʻgʻli.

Kafedrada Davolash ishi, Pediatriya ishi, Farmatsiya ta’lim yo’nalishi talabalariga malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya, Epidemiologiya, Harbiy epidemiologiya, Gigiyena, harbiy gigiyena, tibbiy ekologiya, Ekologiya va gigiyena, Ilmiy tadqiqot asoslari fanlaridan amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlari olib boriladi.

Kafedraning ilmiy salohiyati 44,5 % ni tashkil qilmoqda.

Kafedra maqsadi va vazifalari:

Inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, uzoq umr ko‘rishni ta’minlash uchun yashash, mehnat, dam olish, ovqatlanish sharoitlarini ilmiy asosda o‘rganib, axoli o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.


Kafedra mudiri:

Nematov Abdurashid Abdugʻaffor oʻgʻli 1991 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 2018 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini, 2020 yilda esa mazkur akademiyaning «Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash» mutaxassisligi boʻyicha magistraturani bitirgan.

2020-2022 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasida Jamoat sogʻligʻini saqlash maktabi assistenti.

2022-2025 yillarda mazkur akademiyaning tayanch doktoranturasini tamomlagan.

2025 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida “Gigiyena, mikrobiologiya va epidemiologiya” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Mutaxassisligi:

Bakalavr: vrach umumiy gigiyenist, epidemiolog

Magistratura: Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash

O‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati:

PhD himoyasi 14.00.07-Gigiyena ixtisosligidan “COVID-19 ning tarqalishida yetakchi xavf omillari va ularni oldini olishga gigiyenik yondashuv” mavzusida olib borilgan.

Faoliyat davomida: 3 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy majmua, 2 ta monografiya, 2 ta uslubiy tavsiyanoma, 30 ga yaqin maqola va tezislar, 5 ta DGU, 4 ta BGU, 2 ta IP kabi mahsulotlar muallifligi ostida chop etilgan.

Hozirgi kunda Janubiy Koreyaning KOICA, Germaniyaning GIZ va Yaponiyaning JAICA xalqaro hamkorlik jamiyatlari tomonidan olib borilayotgan loyihalarida muvafaqqiyatli ishtirok etib kelmoqda.


Qabul vaqti: dushanbadan shanbagacha 9:00dan - 16:00 gacha

Uyali aloqa telefoni: +99897 033 55 33

E-mail: abdurashidnematov459@gmail.com

Kafedra katta o‘qituvchisi: 

Amindjonova Gulmira Karimjonovna 1984 yilda Farg‘ona viloyatida tugʻilgan. 2006 yilda Qo‘qon davlat pedagogika insituti “Biologiya va inson hayot faoliyati havfsizligi” yo‘nalishini, 2008 yilda esa institutning “Umumiy biologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistraturani bitirgan.

2023-2025 yillarda SamDVMCHBUTF tayanch doktoranturasini tamomlagan.

2025 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida Gigiyena, mikrobiologiya va epidemiologiya kafedrasi katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Mutaxassisligi:

Bakalavr: Biologiya va inson hayot faoliyati havfsizligi

Magistratura: Umumiy biologiya

O‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati:

03.00.04-Mikrobiologiya va virusologiya ixtisosligi bo‘yicha “Prunus aviumni kasallantiruvchi virusni aniqlash, xususiyatlarini o‘rganish va uning diagnostikasi” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Faoliyat davomida: 10 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy majmua, 20 dan ortiq maqola va tezislar, 1 ta DGU kabi mahsulotlar muallifligi ostida chop etilgan.

Hozirgi kunda Xalqaro Turon akademiyasi akademigi
O‘zbekiston Mikrobiologlar jamiyati a’zosi, jamiyat tomonidan olib borilayotgan loyihalarida muvafaqqiyatli ishtirok etib kelmoqda.


Qabul vaqti: dushanbadan shanbagacha 9:00dan - 16:00 gacha

Uyali aloqa telefoni: +99893 489 72 22

E-mail: gulmira.amindjonova@bk.ru

Kafedra asistent oʻqituvchisi

Mingbayev Akmal Usmanaliyevich 1988-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 2014-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini tamomlagan va 2021 yilda esa mazkur akademiyaning «Gigiena yoʻnalishi» mutaxassisligi boʻyicha magistraturani bitirgan.

2014-2025-yillar davomida Chirchiq shaxar Sanitariya epidemiologik osoishtalik va jamoat salomatligi bo’limlarida turli lavozimlarda ish faoliyatini olib borgan

2025 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida “Gigiyena, mikrobiologiya va epidemiologiya” kafedrasi asistent oʻqituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Mutaxassisligi:

Bakalavr: vrach umumiy gigiyenist, epidemiolog

Magistratura: “Gigiena yoʻnalishi

Faoliyat davomida: 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy majmua, 10 ga yaqin maqola va tezislar chop etilgan.


Qabul vaqti: shanba 9:00 dan - 16:00 gacha

Uyali aloqa telefoni: +99891 777 07 78

E-mail: mingbayevakmal47@gmail.com

Kafedra assistent o’qituvchisi: 

Ernazarova Hurmatoy Hamroyevna 1990 yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan. 2014 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi “Tibbiy profilaktika ishi” yo‘nalishini, 2016 yilda esa mazkur akademiyaning «Sogʻliqni saqlashni boshqarish va jamoat sogʻligʻini saqlash» mutaxassisligi boʻyicha magistraturani bitirgan.

2016-2018 yillirda Toshkent shahar Chilonzor tumani SEO va JSQda vrach-laboranti.

2020-2021 yillirda Toshkent shahar Aholini sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi shifokor-uslubchi

2021-2025 yillirda Toshkent shahar Uchtepa tumani SEO va JSQda vrach-immunolog.

2025 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida “Gigiyena, mikrobiologiya va epidemiologiya” kafedrasi assistant o’qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Mutaxassisligi:

Bakalavr: vrach umumiy gigiyenist, epidemiolog

Magistratura: Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash

Faoliyat davomida: 1 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy majmua, 10 ga yaqin maqola va tezislar chop etilgan.


Qabul vaqti: dushanbadan shanbagacha 9:00dan - 16:00 gacha

Uyali aloqa telefoni: +99850 377 76 99

E-mail: ernazarovahurmatoy5@gmail.com

Kafedra assistent o’qituvchisi: 

Saydullayev Ollomurod Sherali o`g`li 1998 yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. 2017 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi “Tibbiy profilaktika ishi” bakalavriat yo‘nalishiga kirib, 2024 yilda esa mazkur akademiyaning «Gigiyena turlari bo`yicha (Kommunal gigiyena)» mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinaturani bitirgan.

2022 yilda Jizzax viloyati Zafarobod tuman SEO va JSB da Sanitariya vrachi.

2022-2025 yillarda Do`stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi mutaxassislik fan o`qituvchisi.

2025 yildan hozirgi kunga qadar Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida “Gigiyena, mikrobiologiya va epidemiologiya” kafedrasi assistant o’qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Mutaxassisligi:

Bakalavr: Shifokor gigiyenist, epidemiolog

Klinik ordinatura: Gigiyena turlari bo`yicha Kommunal gigiyena

Faoliyat davomida: 1 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy majmua, 4 ga yaqin maqola va tezislar chop etilgan.


Qabul vaqti: dushanbadan shanbagacha 9:00dan - 16:00 gacha

Uyali aloqa telefoni: +99894 574 14 59

E-mail: ollomurodsaydullayev@gmail.com

Kafedra assistent o‘qituvchisi:


Allayarova Nargiza Kamalovna 1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2014-yilda Qoraqalpoq Tibbiyot Institutiga o‘qishga kirib, 2020-yilda tamomlagan.2020-yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining magistratura bosqichiga “Tibbiy radiologiya” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirib, 2023-yilda magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan.2026-yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasining mustaqil izlanuvchiligiga qabul qilingan. Ilmiy ish mavzusi: Bo‘yin flegmonasi bilan kasallangan bemorlarda mediastenit rivojlanishining nur tashxisi.

Mehnat faoliyati:

2020-y. – Chirchiq shahar TTYO shifokori.

2020–2021-y. – Toshkent shahar TTYO shifokori.

2022–2023-y. – Buxoro Innovatsion Tibbiyot Instituti assistent o‘qituvchisi.

2024–2025-y. – Chirchiq shahar Markaziy shifoxonasi UTT shifokori.

2024-yildan hozirgi kungacha – Toshkent Tibbiyot Universiteti Chirchiq filiali assistent o‘qituvchisi.

Mutaxassisligi:

Bakalavr: Umumiy amaliyot pediatri.
Magistratura: Radiolog shifokor.

Ilmiy va o‘quv-uslubiy faoliyati:Faoliyati davomida 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy majmua hamda 4 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar chop etgan.

Qabul vaqti:Dushanbadan shanbagacha, soat 09:00 dan 16:00 gacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Telefon: +998 88 018 88 91
E-mail: nargizaxaet8891@gmail.com