Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali hamda Çirçiq şahar tibbiyot birlaşmasi örtasida özaro hamkorlik örnatildi va bitiruvçilarni iş bilan ta’minlaş böyiça şartnomalar imzolandi.
Yoş tibbiyot mutaxassislari uçun yangi imkoniyatlar: hamkorlik va bandlik yölida muhim qadam
Kuni keça Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali Registrator ofesi ma’lumotlar bazasi qoşida oçilgan “Karyera markazi”ga ma’sul Musurmonqulov Jaxongir Maxamatjonoviç hamda Çirçiq şahar tibbiyot birlaşmasi nomidan Ustav asosida iş yurituvçi rahbar vazıfasını bajaruvçı Muhammadjonova Elmira Arifdjanovna örtasida özaro manfaatli hamkorlik aloqalari yölga qöyildi.
Uşbu taşabbus tibbiyot sohasida ta’lim va amaliyot uyğunligini ta’minlaş, şuningdek, hududdagi tibbiyot muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlaşga qaratilgan.
Uçraşuv doirasida quyidagi muhim kelişuvlarga erişildi:
· Işga joylaştiriş. ToşDavTU Çırçıq filial bitiruvçilari bilan Çirçiq şahar tibbiyot birlaşmasi tizimida faoliyat yuritiş böyiça rasmiy mehnat şartnomalari tuzildi.
· Amaliy tajriba. Talabalarning öquv jarayonida olgan nazariy bilimlarini bevosita şahar şifoxonalari va poliklinikalarida mustahkamlaş imkoniyati yaratildi.
· Ustoz-şogird an’anasi. Tajribali şifokorlar tomonidan yoş mutaxassislarga amaliy kömak beriş tizimi yölga qöyiladi.
Bu hamkorlik yoş şifokorlarning öz sohasida muvaffaqiyatli karyera boşlaşiga va Çirçiq şahri aholisiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filialida innovatsion tibbiy ishlanmalar taqdimoti ötkazildi20.11.2026 -
Yangi hamkorlik – yoş mutaxassislar kelajagi uçun muhim qadam!20.11.2026 -
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialiga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Xudaykulov Adham Yusupovich filial talabalari tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalari bilan tanishdi.19.11.2026 -
Ish beruvchilar tomonidan oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini baholashga mo‘ljallangan career.edu.uz platformasi orqali o‘tkazilgan so‘rovnoma19.11.2026
O'zbek
Русский
English