KELAJAK FARMATSEVTLARI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
KELAJAK FARMATSEVTLARI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR!
Ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi — bugungi kunning muhim talablaridan biri.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali hamda Parkent Farm EIZ DM o‘rtasida avvaldan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida navbatdagi tashrif amalga oshirildi.
Uchrashuvda Farmatsiya yo‘nalishi talabalarini ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish, malakaviy amaliyot va dual ta’limni samarali tashkil etish, nazariy bilimlarni real ish tajribasi bilan mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Ushbu tashabbuslar talabalarga o‘z kasbining sir-asrorlarini amaliyotda o‘rganish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar sifatida shakllanish imkonini beradi.
Bugungi hamkorlik — ertangi yuksak kasbiy mahorat garovi!
O'zbek
Русский
English