«ILM BILAN ERIŞILGAN YUTUQ»
QIZLAR SALOMATLIGI – KELAJAK POYDEVORI
Yoş olima Nodira Ibragimovaning ilm-fan yölidagi ibratli qadamlari
Ilm-fan – jamiyat taraqqiyotining eng işonçli tayançi. Ayniqsa, tibbiyot sohasida ilmiy izlanişlar inson salomatligi, oila farovonligi va kelajak avlodning soğlom bölib voyaga yetişi bilan bevosita boğliq. Bugun Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali jamoasida yoşligiga qaramay, salmoqli ilmiy natijalari bilan e’tirof etilayotgan mutaxassislar safi kengayib bormoqda. Ana şunday ilm fidoyilaridan biri – kafedra mudiri, tibbiyot fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Nodira Otabekovna Ibragimovadir.
Xorazmdan boşlangan ilm yöli. Nodira Ibragimova 1991-yilda Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tuğilgan. Tibbiyotni hayotiy yöl sifatida tanlagan yoş mutaxassis qisqa vaqt içida amaliyotçi şifokor, pedagog va tadqiqotçi sifatida şakllandi. Bugungi kunda uning umumiy mehnat staji 6 yil, şundan 5 yili pedagogik faoliyatga töğri keladi. 2021-yildan buyon esa u kafedra mudiri lavozimida mas’uliyatli vazifani a’lo darajada ado etib kelmoqda.
Ilmiy faoliyat – raqamlar tilida. Yoş olimaning ilmiy merosi bugunning özidayoq salmoqli. U 30 dan ortiq ilmiy maqola va uslubiy işlarning muallifi bölib, ular orasida 2 ta uslubiy tavsiyanoma hamda 6 ta öquv qöllanma bor. 10 dan ziyod ilmiy maqolalari xorijiy mamlakatlarning nufuzli jurnallarida çop etilgan.
Ilm – amaliyot xizmatida. Olimaning izlanişlari faqat nazariya bilan çeklanib qolmaydi. Olingan ilmiy natijalar asosida, uning rahbarligida Çirçiq şahrining bir qança maktablarida 13–18 yoşli 896 nafar qiz maxsus kodlangan skrining sörovnomasi usuli yordamida tekşiruvdan ötkazildi. Bu tadqiqot qizlar salomatligiga ta’sir etuvçi xavf omillarini aniqlaş va kasalliklarni erta bosqiçda taşxislaş imkonini berdi.
Bugungi qizlar – ertangi onalar. Şu ma’noda, ularning reproduktiv salomatligini erta aniqlaş va muhofaza qilişga qaratilgan bunday işlar soğlom oila va soğlom avlod poydevorini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Xalqaro tajriba va munosib e’tirof. Zamonaviy olim uçun xorijiy tillarni biliş va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan yaqin aloqada böliş muhim ahamiyatga ega. Nodira Ibragimova 2017 va 2022-yillarda International English Language Testing System (IELTS) xalqaro sertifikatini ikki marotaba B2 darajasida qölga kiritgan.
2025-yilda u Turkiyaning Konya şahridagi nufuzli Necmettin Erbakan universitetida perinatologiya yönalişi böyiça malakasini oşirdi, şuningdek, kolposkopiya va klinik ultratovuş tekşiruvi böyiça sertifikatlarni qölga kiritdi.
Yoş olimaning sa’y-harakatlari munosib baholangan. U 2024-yilda «Akademik Yolqin Xolmamatoviç Töraqulov» nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bölgan, «Ta’lim sohasidagi fidoyi xizmatlari uçun» esdalik kökrak nişoni bilan taqdirlangan.
Kelajakka qaratilgan rejalar. Nodira Otabekovna bugun nafaqat özining ilmiy izlanişlarini davom ettirmoqda, balki yoş tadqiqotçilarni ham ilm yöliga yetaklamoqda. Hozirda u 5 ta magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik qilişni rejalaştirmoqda. Bu esa filialda ilmiy maktab şakllanişi va kadrlar salohiyatini oşirişga qöşilayotgan muhim hissadir. Nodira Ibragimovaning ibratli faoliyati ilm bilan erişilgan yutuq har doim inson salomatligi va jamiyat farovonligiga xizmat qilişini yana bir bor isbotlaydi.
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali
Axborot xizmati
O'zbek
Русский
English