Asosiy matnga o'tish

Toshkent viloyati, Toshkent davlat agrar universitetida 2026-yil 22-oktabr kuni o‘tkazilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi tadbirida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialining ishtir

Toshkent viloyati, Toshkent davlat agrar universitetida 2026-yil 22-oktabr kuni o‘tkazilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi tadbirida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialining ishtir
09.11.2026

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 52-sonli bayoni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, hukumat komissiyasi raisi J.A.Xodjaev tomonidan “Hududlarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qo‘llab-quvvatlash va hududlarni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida o‘tkazilgan majlis kun tartibida ko‘rilgan masala mohiyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli hamda 1-iyundagi “Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-210-son qarorlari, 21-iyulda  o‘tkazilgan “Hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlil va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda yangicha yondoshuvlar asosida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida “O‘zmilliybank” AJ tashabbusi bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Toshkent viloyatida joylashgan Oliy ta’lim muassasalari, jumladan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali ish beruvchi davolash muassasalari, klinik bazalar, korxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, ilg’or klasterlar va hamkor tashkilotlar ishtirokida Toshkent davlat agrar universitetida 2026-yil 22-oktabr kuni soat 1000 da “Kelajak tadbirkori — 2026” kasbga yo‘naltirish, bitiruvchilar bandligi va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi tadbiri juda ham yuqori saviyada boshlandi. Tadbirda Toshkent viloyatidagi 8 ta oliy ta’lim muassasasi rahbar-xodimlari, 6000 ga yaqin ishtirokchilar hamda 100 ga yaqin yetakchi korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Mazkur tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali davolash muassasalari, klinik bazalar, ish beruvchilar o‘z faoliyati, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasbiy talablar va ishga joylashish imkoniyatlari haqida maqsadli ma’lumot berdilar. Shuningdek, ushbu yarmarka yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Kelajakka qadam markazi