Asosiy matnga o'tish

«ILM BILAN ERIŞILGAN YUTUQ»

 «ILM BILAN ERIŞILGAN YUTUQ»
2026-11-10

MIKROBLAR OLAMIDAN – SALOMATLIK SARI

Olima Gulmira Amindjonovaning ilm-fan va ustozlik yölidagi izlanişlari

Inson salomatligini asraşning ilmiy asoslari köp jihatdan közga körinmas olam – mikroorganizmlar va viruslarni çuqur örganişdan boşlanadi. Aynan şu murakkab va mas’uliyatli yönalişni öziga hayotiy maqsad qilib tanlagan olimalardan biri – Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali «Gigiyena, mikrobiologiya va epidemiologiya» kafedrasi katta öqituvçisi, biologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Gulmira Karimjonovna Amindjonovadir.

Gulmira Karimjonovna 1984-yilda Farğona viloyatida tuğilgan. 2006-yilda Qöqon davlat pedagogika institutining bakalavriyatini, 2008-yilda esa magistraturasini tamomlab, biolog mutaxassisligini egalladi. Şundan söng özi tahsil olgan dargohda – Qöqon davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasida qariyb ön yil davomida öqituvçi sifatida faoliyat yuritib, pedagogik mahoratini çiniqtirdi.

Keyingi yillarda olima Çirçiq davlat pedagogika institutining Biologiya kafedrasida, Özbekiston Fanlar akademiyasi Botanika ilmiy-tadqiqot institutining Noyob ösimliklar kadastri va monitoringi laboratoriyasida kiçik ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritdi. 2023–2025-yillarda esa Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti Toşkent filialida «Mikrobiologiya va virusologiya» ixtisosligi böyiça tayanç doktorant sifatida ilmiy izlanişlarini çuqurlaştirdi.

Gulmira Karimjonovna mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya yönalişlarida izçil ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Bugungi kunga qadar uning ilmiy faoliyati natijalari asosida 100 ga yaqin ilmiy maqola çop etilgan bölib, ularning bir qismi nufuzli Scopus xalqaro ilmiy bazasida indekslangan naşrlarda e’lon qilingan.

Olima 1 ta monografiya hamda 10 ga yaqin öquv-uslubiy qöllanmalar muallifi hisoblanadi. Ingliz va turk tillarini bilişi esa unga xorijiy ilmiy manbalar bilan erkin işlaş va xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan aloqalarni mustahkamlaş imkonini bermoqda.

Bugungi kunda Gulmira Karimjonovna Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filialida pedagogik va ilmiy faoliyatini izçil davom ettirmoqda. U zamonaviy bilim va könikmalarni talabalarga yetkaziş, ularda ilmiy dunyoqaraşni şakllantiriş hamda kelajak şifokorlarini tadqiqotçilikka qiziqtirişga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Mikrobiologiya va virusologiya – yuqumli kasalliklarning oldini oliş, ularni erta aniqlaş va samarali davolaşning ilmiy poydevori. Şu bois olimaning izlanişlari va saboqlari tibbiyot ta’limi sifatini oşiriş hamda aholi salomatligini muhofaza qilişga xizmat qiladi.

Gulmira Karimjonovna tibbiyot ta’limi, mikrobiologiya va virusologiya sohalarining rivojiga, yoş mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oşirişga munosib hissa qöşib kelmoqda. Olimaga bundan buyon ham ilmiy izlanişlarida yangi kaşfiyotlar, ustozlik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filiali

Axborot xizmati


Bosh sahifaga qaytish