HURMATLI TALABALAR, AZIZ KELAJAK SHIFOKORLAR!
HURMATLI TALABALAR, AZIZ KELAJAK SHIFOKORLAR!
Aziz talabalar, hurmatli professor-o‘qituvchilar va tibbiyot sohasi fidoyilari!
Avvalo, barchangizni inson salomatligi va hayotini asrashdek sharafli hamda mas’uliyatli kasb egalari bayrami — Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Tibbiyot — bu shunchaki kasb emas, balki inson hayotiga daxldor bo‘lgan yuksak mas’uliyat, mehr-shafqat, fidoyilik va insonparvarlik timsolidir. Shifokorlik kasbini tanlagan har bir inson zimmasiga xalq salomatligini asrashdek ulug‘ vazifa yuklanadi.
Hurmatli talabalar, aziz kelajak shifokorlar!
Bugun sizlar tanlagan yo‘l — bilim, izlanish, sabr-toqat va tinimsiz mehnat yo‘lidir. Sizlar ertaga insonlarga umid bag‘ishlaydigan, dardiga malham bo‘ladigan, hayotini saqlab qolish uchun kurashadigan fidoyi shifokorlar bo‘lib yetishishingizga ishonaman.
Shuni unutmangki, haqiqiy shifokor nafaqat chuqur bilim va yuksak kasbiy mahoratga, balki mehribon qalb, yuksak odob-axloq va insoniy fazilatlarga ham ega bo‘lishi lozim. Bugundan boshlab har bir dars, har bir amaliy mashg‘ulot va har bir izlanishingiz kelajakdagi mas’uliyatli faoliyatingiz uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Sizlarga ta’lim olishda ulkan zafarlar, ilmiy izlanishlaringizda muvaffaqiyatlar, mustahkam iroda va ezgu maqsadlaringiz ro‘yobini tilayman.
Fursatdan foydalanib, soha rivoji yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha tibbiyot xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xotirjamlik va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali direktori
Sultanov G‘afurjon Nematbekovich
O'zbek
Русский
English