Qabul boshlandi

Qabul boshlandi
2026-06-11
🎓 TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI CHIRCHIQ FILIALIDA 2026/2027-O‘QUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANDI! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali 2026/2027-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi. 🔹 Filialda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish imkoniyati mavjud: • Davolash ishi • Pediatriya ishi • Farmatsiya • Psixologiya • Oliy hamshiralik ishi 📚 Talabalarga zamonaviy ta’lim standartlari asosida bilim berish, amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, tajribali professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro hamkorlik dasturlari orqali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash filialning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. 🌍 Filialda: ✅ zamonaviy o‘quv muhit; ✅ malakali professor-o‘qituvchilar; ✅ xalqaro hamkorlik dasturlari; ✅ amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi; ✅ qulay va do‘stona muhit yaratilgan. 📝 Hujjatlar 2026-yil 5-iyundan 25-iyungacha onlayn tarzda qabul qilinadi. 📍 Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Lomonosov ko‘chasi, 7-uy. 📞 Murojaat uchun: (+998 99) 491-45-21 (+998 99) 490-45-21 🔹 “Zamonaviy tibbiyot — ilm, innovatsiya va sifat bilan!” Kelajagingizni bugundan boshlang! Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida sizni kutamiz.
Bosh sahifaga qaytish