Asosiy matnga o'tish

📱 “TDTUCHF TALABA” MOBIL ILOVASI ISHGA TUSHIRILDI

📱 “TDTUCHF TALABA” MOBIL ILOVASI ISHGA TUSHIRILDI
2026-10-27

📱 “TDTUCHF TALABA” MOBIL ILOVASI ISHGA TUSHIRILDI


Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali talabalari uchun maxsus “TDTUCHF Talaba” mobil ilovasi ishga tushirildi. Ilova filialning elektron jurnal tizimi bilan bevosita bog‘langan bo‘lib, talabalar o‘z o‘quv jarayoniga oid barcha ma’lumotlarni telefon orqali istalgan vaqtda kuzatib borishlari mumkin.


Ilova imkoniyatlari:

✅ kunlik baholar va fanlar bo‘yicha JN, TMI hamda yakuniy natijalar;

✅ dars jadvali va bugungi darslar;

✅ davomat — qoldirilgan darslar (NB) soni va foizi;

✅ har bir fan bo‘yicha tematik reja: o‘tilgan va keyingi mavzular;

✅ masofaviy ta’lim topshiriqlari va testlar;

✅ filial ma’muriyatidan keladigan e’lon va xabarlar;

✅ darslarni baholash hamda anonim murojaat yuborish imkoniyati;

✅ o‘zbek va rus tillarida foydalanish.


Qanday o‘rnatiladi?

Ilovani Google Play do‘konidan “TDTUCHF Talaba” deb qidirib yoki quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin:

👉 play.google.com/store/apps/details?id=uz.tdtuchf.tdtuchf_talaba


Ilovaga kirish uchun login sifatida HEMIS ID raqamingiz ishlatiladi. Parolni guruh tyutori yoki dekanatdan olishingiz mumkin. iPhone foydalanuvchilari uchun App Store versiyasi tez orada taqdim etiladi.


Aziz talabalar, ilovadan faol foydalaning — o‘qishingiz natijalari endi doimo qo‘lingizda!

Bosh sahifaga qaytish