XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 23-oktyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filialida “Ekologik muammolar yechimida sun’iy intellekt: yangi imkoniyatlar hamda global chaqiriqlar va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkiya, Belarus va Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Tadbirni Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali direktori G‘afurjon Ne’matbekovich Sultanov ochib berdi. Konferensiya davomida ilm-fan va tibbiyot ta’limini rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, iqlim o‘zgarishining inson salomatligiga ta’siri hamda zamonaviy tibbiyotdagi innovatsion yondashuvlar muhokama qilindi.
Konferensiyaning tantanali qismida tibbiyot ilm-fani va ta’limini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, filial bilan samarali ilmiy hamkorlik olib borayotgan bir guruh taniqli olimlarga “Faxriy professor” unvoni topshirildi.
Tadbir doirasida yalpi majlis va ikki sho‘ba yig‘ilishi tashkil etilib, ekologiya, gigiyena, jamoat salomatligi, klinik tibbiyot, mikrobiologiya, epidemiologiya hamda sun’iy intellektning turli sohalardagi imkoniyatlariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
Konferensiya xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish, yangi ilmiy g‘oyalarni rivojlantirish va ekologik muammolarning innovatsion yechimlarini izlash yo‘lidagi muhim ilmiy muloqot maydoniga aylandi.
Bunday xalqaro ilmiy tadbirlar tibbiyot va ekologiya sohalarida zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
Toşkent davlat tibbiyot universiteti Çirçiq filialida davlat-xususiy şeriklik asosida talabalar turar joyini barpo etiş loyihasi yuzasidan jamoatçilik muhokamasi e’loni2026-11-11 -
HURMATLI TALABALAR, AZIZ KELAJAK SHIFOKORLAR!2026-11-10 -
«ILM BILAN ERIŞILGAN YUTUQ»2026-11-10 -
«ILM BILAN ERIŞILGAN YUTUQ»2026-11-04
O'zbek
Русский
English